Tribeon
Ishtirokchilar uchun tadbirlar lentasi va tashkilotchilar uchun kabinet: tadbir sahifasi, arizalar, jamoalar, kirishda check-in, natijalar va sertifikatlar. Saytda va Telegram mini app’da bitta akkaunt. Platformadagi birinchi xakaton — 2026-yil oktyabr: 54 roʻyxat, 47 kishi keldi, 21 jamoa.
Asosiy imkoniyatlar
- Yakka va jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtish
- Rollar boʻyicha jamoa tanlash
- Check-in va Telegram eslatmalari
- Sertifikatlar va ishtirokchi tarixi
Muammo
Xakaton va olimpiadalar arizalarni jadvallarda va yuzlab kishilik chatlarda yigʻadi: yakka ishtirokchilar jamoa topa olmaydi, start unutiladi, sertifikatlar qoʻlda tayyorlanadi.
Yechim
Tribeon ishtirokchini roʻyxatdan finalgacha olib boradi: toʻliq boʻlmagan jamoalarni rollar boʻyicha toʻldiradi, Telegramda eslatadi, kelganlarni belgilaydi va sertifikat beradi.
Kim uchun
Xakaton, olimpiada va korporativ tanlov tashkilotchilari hamda jamoa izlayotgan talabalar va mutaxassislar.