A Generator
O‘quv reja, o‘qituvchilar yuklamasi, xonalar va me’yorlar asosida jadval tuzadigan va natijani mustaqil validator bilan tekshiradigan matematik dvigatel.
Asosiy imkoniyatlar
- CP-SAT optimallashtirish
- O‘qituvchi me’yorlari va shartlari
- Natijani mustaqil tekshiruvchi
- LMS uchun API
Muammo
Maktab jadvali haftalab qo‘lda tuziladi, har bir almashtirish yoki yangi to‘garak uni qaytadan buzadi. O‘qituvchilardagi “oynalar” va o‘quvchilarning og‘ir kunlari odatiy hol.
Yechim
A Generator jadvalni optimallashtirish masalasi sifatida yechadi: qat’iy qoidalar doim bajariladi, oynalar va ortiqcha yuklama esa minimallashtiriladi. 39 sinfli real maktabda dvigatel to‘liq jadvalni avtomatik tuzadi.
Kim uchun
Maktablar, litseylar, OTMlar hamda jadvalni API xizmati sifatida olishni istagan LMS platformalari. Keyin — logistika: yetkazib berish va transport marshrutlari.